Computing (Hisoblash) tarixi
Hisoblash qurilmalarning yaratilish tarixi va dastlabki urinishlar haqida.
Last updated
Was this helpful?
Hisoblash qurilmalarning yaratilish tarixi va dastlabki urinishlar haqida.
Last updated
Was this helpful?
Odamlar har doim hayotni yanada farovon qilish va ishlarni yanada tezroq va samaraliroq qilishga urinib kelishgan va shu maqsadda turli yo'llardan foydalanishgan, turlicha qurulmalarni yasashgan. Birinchi hisoblash mashinalarini yasashga bo'lgan birinchi urinishlar bundan bir-necha yuz yilliklarga borib taqaladi. Kelinglar avval kompyuter bu o'zi nima degan savolga javob topsak:
Kompyuter - bu arifmetik yoki mantiqiy amallar ketma-ketligini bajarish uchun dasturlar orqali buyruqlar beriladigan mashina.
Shunday qilib, kompyuter - bu arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradigan dasturlashtiriladigan mashina. Keling, o'tmishda yaratilgan bir nechta kompyuterlar tarixini ko'rib chiqamiz.
Computing (Hisoblash) tarixi zamonaviy hisoblash mashinalari(ya'ni hozirgi ishlatayotgan kompyuterlarimiz) tarixidan uzunroq bo'lib insonlar dastlab qalam, qog'oz yoki bo'r kabi vositalardan hisoblash uchun foydalanishgan.
1.ABACUS Hisoblashda qo'llaniladigan eng qadimgi vosita Abacusdir va miloddan avvalgi 2700–2300 yillarda Bobilda ixtiro qilingan deb taxmin qilingan.Zamonaviy dizayndagi Abacus bugungi kunda ham hisoblash vositasi sifatida ishlatiladi.
2.JANUBNI KO'RSATUVCHI ARAVA va XITOY ABACUSI
Miloddan avvalgi 1050–771 yillarda "janubga qaragan arava" deb nomlangan qadimgi Xitoyda ixtiro qilingan. Bu differentsial uzatmalarni ishlatadigan birinchi ma'lum tishli mexanizm bo'lib, keyinchalik analog kompyuterlarda ishlatilgan. Xitoyliklar, shuningdek, miloddan avvalgi II asr atrofida Xitoy abakusi deb nomlanuvchi ancha murakkab abakus ixtiro qilgan.
3.YAKE-DROZ NING "AUTOMATA" QO'G'iRCHOQLARI
1770-yillarda shveytsariyalik soat ishlab chiqaruvchi Per Yake-Droz "automata" deb nomlangan mexanik qo'g'irchoqlarni yaratdi. Bu qo'g'irchoqlar ko'rsatmalarni o'qiy olishdi va shu bilan ularni dasturlash mumkin deb hisoblashlari mumkin edi, lekin ular arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajarishmas edi. Buning o'rniga ular musiqa chala olishlar, rasm chizishar va xat yozishlari mumkin edi.
4. DIFFERENCE ENGINE
Haqiqiy Kompyuter ancha o'xshash qurilmalarni Angliyalik matematik Charlz Bebbij ixtiroqilgan. U dasturlash mumkin bo'lgan qurilmalarni yaratgan. Bular "Difference Engine" deb nomlangan hisoblash mashinasi, va keyinchalik, "Analtyical Engine" deb nomlangan yanada rivojlangan hisoblash qurilmasini yaratadi. Bu qurilmalar qiziq tarafi ularni dasturlash(ya'ni turli xil buyruqlarni berish) va turli xil turdagi hisob-kitoblarni bajarish mumkin bo'lgan. Charlz Bebbij - dasturlashtiriladigan(ya'ni malum buyruqlarni qabul qiladigan) kompyuterlarning asosiy tushunchasi ortida turgan juda muhim shaxs.
20 - asrning birinchi yarmida biz ba'zi analog kompyuterlarning guvohi bo'ldik. Ammo ikkinchi jahon urushidan so'ng digital(raqamli) kompyuterlar dunyoga kela boshladi.Analog va Digital kompyuterlar o'rtasidagi asosiy farqi bu - Analog kompyuterlar mexanik mashinalar bo'lgan va elektr kuchlanishi, harorat yoki bosim kabi analog inputlarni qabul qilgan. Digital kompyuterlar esa faqatgina sonlarni qabul qilgan.
5. ENIAC
Ko'p insonlar birinchi digital kompyuter sifatida ENIAC(Electronic Numerical Integrator and Computer) ni tan olishadi.Chunki u tugallangan va to'liq ishlaydigan hisoblash mashinasi edi.
O'shandan beri biz bugungi kungacha bo'lgan ulkan rivojlanishni ko'rdik. Biroq, garchi bizning zamonaviy kompyuterlarimiz avvalgi ixtirolarga qaraganda ancha tez ishlaydi.Lekin kompyuterlarningasosiy ishlash tamoyillari shu paytgacha o'zgarmagan.