Dasturlashning qisqacha tarixi
Dasturlash va dasturlash tillarining kelib chiqish tarixi, turli xil davrlardagi dasturlash tillari haqida.
Last updated
Was this helpful?
Dasturlash va dasturlash tillarining kelib chiqish tarixi, turli xil davrlardagi dasturlash tillari haqida.
Last updated
Was this helpful?
1833 yilda Charlz Bebbij Ada Lavleys bilan uchrashdi. Ada Beebijning dasturlash mumkin bo'lgan mashinalar haqidagi rejalariga juda qiziqdi va ularning hamkorligi boshlandi. Bebbijning hisoblash qurilmalarini dasturlash fikri ham Ada Lavleysga tegishli. Ada Lavleys birinchi dasturchi ayol hisoblanadi.
Ada o'z qo'lyozmalarida dasturlash tarixidagi juda muhim qaydlarni yozib qoldirgan. Birinchisi, u Bebbijning "Analytical Engine" qurilmasi uchun Bernuli sonlarini hisoblovchi algoritm yozgan. Bu algoritm tarixdagi birinchi kompyuter dasturi deb tan olinadi. Adaning yana bir muhim ishlaridan biri bu kompyuterlarning kelajagini tasavvur qila olganida. U o'z qaydlarida kompyuterlardan kelajakda rasmlar chizish va musiqa bastalash maqsadida foydalanish mumkinligi haqida yozib o'tgan. Qiziq tarafi shundaki birinchi zamonaviy kompyuterlar yaratilganda Adaning fikrlari muhim tas'irini o'tkazgan.
Algoritm - bu kompyuter bajarishi uchun dasturchi tomonidan beriladigan buyruqlar ketma-ketligi.
Birinchi raqamli kompyuterlar machine code(mashina kodi) yordamida dasturlashtirilgan - bu kompyuter tushunadigan yagona narsa. Keyingi bo'limlarda mashina kodi haqida batafsilroq to'xtalamiz.
1949 yilda Jon Mauchli "Brief Code" deb nomlangan narsani taklif qildi, keyinchalik u "Short CodeI(Qisqa Kod)" deb o'zgartirildi. Short Code birinchi high-level dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Short Code da yozilgan dastur dastlab mashina kodiga tarjima qilingan keyin kompyuter kodlar orqali berilgan buyruqlarni bajargan.
High-Level Dasturlash tili - bu insonlar uchun tushunarliroq bo'lgan dasturlash tili. High-Level dasturlash tillarini yaratilishiga sabab mashina kodi faqat 0 lar va 1 lar ketma-ketligidan iborat bo'lgan va insonlar u kodni tushunishi undan foydalanib dastur yozishi deyarli imkonsiz edi.
1954 yilda Fortran tili IBMda Jon Backus tomonidan ixtiro qilingan.Fortran birinchi keng qo'llaniladigan yuqori darajali, umumiy maqsadli dasturlash tili. Fortran dasturlash tilidan hali ham foydalanishadi.
1950 -yillarda Lisp va COBOL kabi boshqa tillar yaratilgan. O'shandan beri 2300 dan ortiq yangi dasturlash tillari yaratildi. Keyingi bo'limlarda dasturlash tillari qanday rivojlanib kelgani, ular bir-birlari bilan qanday bog'liq taraflari borligi va yana nega insonlar yangi dasturlash tillarini yaratishlari haqida batafsilroq ko'rib chiqamiz.